Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Korxonaning ishlab chiqarish va eksport salohiyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi M.Usmonov hamda shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Tekstil produkt” korxonasi faoliyati o‘rganildi. 

O‘rganish davomida deputatlar korxona rahbariyati bilan muloqot qilib, ishlab chiqarish jarayonlari, mavjud quvvatlardan foydalanish holati, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni muhokama qildilar.

O‘rganishlar natijasida korxonada ayni paytda 75 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangani ma’lum bo‘ldi. Bu kabi korxonalar faoliyatini kengaytirish hududda bandlikni ta’minlash va aholi daromadlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Muloqot davomida korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida korxona rahbariyatiga, mahsulotlarning onlayn savdosini rivojlantirish, ichki bozordagi savdo ko‘lamini kengaytirish, qo‘shni davlatlarga eksportni yo‘lga qo‘yish, yangi loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirish, bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5