Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Vasiylik va homiylik masalalari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Aholi bandligini ta’minlash – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Kambag‘allikdan chiqarish ishlari – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
янв.21
🔽Sifatli tibbiy xizmat – aholi salomatligi kafolati
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Yoshlar bandligi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati – deputatlar e’tiborida
Qo‘qon shahrida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi

Qo‘qon shahar 7-son bolalar va o‘smirlar musiqa maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Qo‘qon shahar Kengashi deputati, faxriy shifokor M.Axmedova ham ishtirok etib, yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqdi.

O‘z nutqida M.Axmedova el ravnaqi, jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilish, mamlakatimiz rahbarining tashabbus va islohotlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib hissa qo‘shish har bir fuqaroning mas’uliyatli vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

‍Shuningdek, ko‘p yillik shifokorlik faoliyati davomida orttirgan hayotiy va kasbiy tajribasi, tibbiyot sohasida aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘lida olib borgan ishlari haqida so‘zlab berdi.

Tadbir davomida bugungi kunda deputat sifatida olib borayotgan faoliyati, saylovchilar bilan uchrashuvlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan deputatlik faoliyati haqida ham ma’lumot berdi.

“Uch avlod uchrashuvi” doirasida turli avlod vakillari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, yoshlarni kattalarning hayotiy tajribasi va ibratli faoliyati bilan tanishtirish, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kasbga sadoqat va jamiyat hayotida faol ishtirok etish kabi fazilatlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3