👥 Tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva “Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.
🔹 Tadbir davomida nuroniylarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, ularning hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish hamda avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🎯 Mazkur tashabbus — yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanishga xizmat qiladi.