Хalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X.Xamdamova ulug‘ mutafakkir shoir va davlat arbobi А.Navoiy tavalludiga atab tashkil etilgan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom!” deb atalgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ishtirok etib, “Nega Navoiyni ko‘p o‘qish kerak?” mavzusidagi maʼruzasini adabiyotshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va o‘quvchilar eʼtiboriga havola etdi.
Shuningdek, JizPIning kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Bobur – shoh va shoir” deb nomlangan mushoira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda buyuk mutafakkir shoir Z.M.Boburning ilmiy va badiiy merosining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida shahar Kengashi deputati X.Xamdamova ma’ruzasi tinglandi. Tadbir davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan adib qalamiga mansub g‘azal va ruboiylarning mazmun - mohiyati, kitobxonlar tarbiyasidagi tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘rtasida А.Navoiy g‘azallari bo‘yicha bahri bayt o‘tkazildi, faol ishtirokchilarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.