35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Nigora Muratova ishtirokida «Qo‘yliqobod» mahallasi faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish davomida «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

📝 Yig‘ilishda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, bunday holatlarga duch kelgan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ularga zarur huquqiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.

🤝 Shuningdek, mahallada bunday holatlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olishda mas’ullar hamda mahalla faollarining hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1