35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Alisher Kerimov, Yashnobod tumani atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i O‘ktam Sattorov hamda tuman hokimligi vakili ishtirokida Aviasozlar-3 mavzesida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📝 Uchrashuv davomida aholining ekologiya va elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalari muhokama qilinib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.

🤝Fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar va takliflar yuzasidan tegishli ishlar amalga oshiriladi.

Slide 1 of 1