35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat so‘roviga javob olindi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Tuhfaxon Axmedova tomonidan “Jo‘rabek” mahallasida yashovchi fuqaro T. Jumamuratovaning murojaati asosida yuborilgan deputat so‘roviga Yashnobod tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan javob berildi.

📝 Murojaatda ko‘tarilgan tibbiy-ijtimoiy masala o‘rganilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirildi hamda belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga taqdim etildi.

❗️Nogironlik guruhi sog‘liq holati va funksional cheklanishlar asosida vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Shu tariqa, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Slide 1 of 1