Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M.Xidirova tomonidan «Pahlavon» mahallasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, aholi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish hamda huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi.
🔹Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, ayniqsa, profilaktikaga alohida ahamiyat berish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.