Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. To‘rayevning saylov okrugidagi Saodat va Zobitlar ko‘chasi fuqarolari umumiy hojatxonalar atrofini tozalash masalasida murojaat qilishdi.
Deputat murojaatni ko‘rib chiqib, muammolarni qayd etish daftariga kiritdi va ijrosini nazoratga oldi.
Demak, deputat uchun katta-kichik muammo yo‘q. Aholi bir masalani ko‘tarsa, u albatta e’tiborda. Tozalik masalasi ham nazoratda.
Deputat faoliyatiga mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova.