“Chinor” jome masjidi imom-xatibi Ma’ruf Rahmonqulovning tashabbusi, Xalq deputatlari tuman Kengashi 21-Xo‘jasoat saylov okrugi deputati Yu.Hakimov va bir guruh saxovatpesha, savobtalab homiylarning ko‘magida ushbu xayrli tadbir ikki yildan buyon muntazam tashkil etib kelinmoqda
Joriy yilning 27-avgust kuni masjidda 5 nafar o‘g‘il bolaning xatna to‘yi o‘tkazilib, bolajonlarga quyidagi sovg‘alar topshirildi:
🚲 5 ta velosiped;
👔 har bir bolaga kostyum-shim;
💰 har biriga 500 ming so‘mdan pul mablag‘i.
Shuningdek, oilalardagi 15 nafar o‘quvchi qizga:
🎒 15 ta maktab sumkasi va o‘quv qurollari;
👗 15 ta maktab formasi va kiyim-kechaklar topshirildi.
Yaxshilik qilgan insonning ezgu amali el qalbida yashaydi. Savobli ishlar bardavom bo‘lsin!
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram