35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#munosabat

️Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 29–30 avgust kunlari mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelishi O‘zbekiston–Hindiston strategik sherikligini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadamdir.
➡️Bugungi kunda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar o‘zaro ishonch, hurmat va manfaatdorlik asosida izchil rivojlanib bormoqda. Bunday oliy darajadagi tashriflar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim, tibbiyot, raqamli texnologiyalar, madaniyat va boshqa sohalarda yangi istiqbollarni ochishi bilan ahamiyatlidir.
➡️Ayniqsa, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi strategik sheriklikni yangi mazmun bilan boyitib, xalqlarimiz farovonligiga xizmat qiladigan yangi kelishuv va tashabbuslarga zamin yaratishiga ishonaman.
➡️Deputat sifatida ushbu tashrifni O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va ochiq, pragmatik tashqi siyosatining yana bir yorqin ifodasi sifatida baholayman. O‘zbekiston–Hindiston do‘stligi va ko‘p qirrali hamkorligi bundan buyon ham izchil rivojlanib borishiga ishonaman.

Nodir Murodov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati