Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N. Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan “Boliob” mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirlar samaradorligi o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat va turli to‘garaklarga jalb qilish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
➡️Shuningdek, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun munosib sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisiga ish samaradorligini yanada oshirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
➡️Yoshlar bilan tizimli va manzilli ishlash — ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishi hamda kelajakda o‘z salohiyatini to‘la namoyon etishida muhim ahamiyat kasb etadi.