35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

💧 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA! ✅

📍 Shovot tumani Qang‘li mahallasidagi “Qang‘li-yab” kanalining betonlashtirilishi bo‘yicha deputatlik so‘roviga amaliy yechim ko‘rilmoqda.
📩 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan 2026-yil 17-avgust kuni yuborilgan №131-ds-448-26-sonli deputatlik so‘roviga Shovot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan javob berildi.
🔹 Kanalning PK 0+00 dan PK 30+00 gacha bo‘lgan jami 3000 metr qismi betonlashtirilishi belgilangan.
📊 2026-yil 25-avgust holatiga ko‘ra:
✅ 1680 metr qism betonlashtirildi;
🔄 1320 metr qismida betonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
🚜 Hozirgi vaqtda kanalga suv berish vaqtincha to‘xtatilgani sababli, betonlashtirilmay qolgan 1320 metr qismida ishlar qayta boshlangan va davom ettirilmoqda.
🎯 Qurilish ishlari yakunlangach, “Qang‘li-yab” kanalining PK 0+00 dan PK 30+00 gacha bo‘lgan jami 3000 metr qismi to‘liq betonlashtirilishi ta’minlanadi.
🤝 Deputatlik so‘rovi — muammoga amaliy yechim!
📌 Xalq manfaatlari yo‘lida nazorat va amaliy ishlar davom etadi! 🇺🇿

Slide 1 of 4