35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Rabotibika qishlog‘ida ichki yo‘l obodonlashtirilmoqda
янв.21
Romish mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan imtiyozlar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida Romish mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Eski simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi
янв.21
Saylovchilar murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
#_munosabat
янв.21
Deputat nazorati: 31-maktabdagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Qishloq aholisi uchun zamonaviy tibbiy maskan barpo etilmoqda
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tiborda
Bugun Popda bayramona tong otdi!

Bugun Popda bayramona tong otdi!

Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida Kelachi mahallasidagi Toshkent ko‘chasi yangicha qiyofada, fayzu tarovat bilan el-yurt bag‘riga ochildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman mehmonlari, nuroniy otaxonlar, yoshlar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan munosib sharoitlarga to‘xtalib, ushbu ezgu tashabbusni amalga oshirishda hissa qo‘shgan POP CITY MALL rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etgan Toshkent ko‘chasi tantanali ravishda ochildi!

Yoshlarimizning sevimli san’atkori Jahongir Foziljonov «Bojalar» guruhi Kelachi mahallasidagi Yoshlar maydonida o‘zining dilrabo qo‘shiqlari bilan haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi!

Slide 1 of 7