35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotib

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tuman partiya tashkiloti raisi Aziz Sattorov “Buyuk ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi, yettilik vakillari hamda faol xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston Ekologik partiyasining “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi faoliyati, uning maqsad va vazifalari haqida batafsil tushuntirish berildi.

Tadbir ishtirokchilari klub faoliyatiga qiziqish bildirib, partiya safiga a’zo bo‘lish va “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubiga qo‘shilish istagini bildirdilar. Kelgusida “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida ushbu ayollar klubini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 3