35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O.Umirov tomonidan hududdagi Istiqlol QFYda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash hamda mavjud muammolarni oldindan aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida hududdagi elektr transformatorlari va elektr tarmoqlarining texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Transformatorlarning mavsumiy yuklamaga tayyorligi, texnik sozligi, elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish imkoniyatlari hamda mavjud muammolar holati o‘rganildi.

Shuningdek, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda avariya holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.