35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi murojaati asosida yo‘l va sug‘orish tarmoqlari ta’mirlandi
Aholi murojaati asosida yo‘l va sug‘orish tarmoqlari ta’mirlandi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna tashabbusi bilan A.Temur-42 va G‘alaba-125 manzillarida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi.

🔹 Jumladan, yo‘lning nosoz qismlarida yamoq ta’mirlash ishlari bajarildi, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan sug‘orish quvurlari almashtirildi.
🤝 Mazkur ishlar aholi uchun qulay sharoit yaratish, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni joyida hal etishga qaratildi.

⚖️ Ushbu yo‘nalishdagi ishlar hududlarni obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshi holatda saqlashga qaratilgan Prezidentning 2024-yil 1-iyuldagi PQ-241-son qarorida belgilangan vazifalarga hamohangdir. Qarorda yo‘l va yo‘l infratuzilmasi obyektlarini yaxshi holatda saqlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha samarali mexanizmlarni takomillashtirish belgilangan.

🌿 Deputatlik tashabbusi — aholi murojaatlarining amaliy yechimiga xizmat qiladi.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 6