Piyodalar yo‘lakchasi qurilishi o‘rganildi
✅ Xalq deputatlori tuman Kengashi kotibiyati xodimi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 21-Munchoq saylov okrugi deputati M.Boltaeva Munchoq mahallasida Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 3-martdagi “Boysun tumanida 2026-yil davomida “Og‘ir tuman” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tumandagi“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori asosida qurilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish jarayoni bilan tanishdi.
✅ O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, yo‘lakchaning sifatli va belgilangan talablar asosida barpo etilishiga e’tibor qaratildi.
✅ Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli olib borish hamda ob’ektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Yangi piyodalar yo‘lakchasi mahalla aholisi, ayniqsa, piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratishga xizmat qiladi.