35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📍 “Jayxun” MFYda muammolar va takliflar o‘rganilmoqda

“Jayxun” MFY 15-Keramzit saylov okrugi hududida aholi bilan uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
📌 Navbatdagi manzil — Ustozlar ko‘chasi.

🤝 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov hamda ko‘chaboshi B.Yesimbetov bilan birgalikda hududdagi mavjud masalalar yuzasidan fuqarolar bilan muloqot qildi.

💡 Suhbat davomida:
🔹 ko‘chaga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
🔹 tomorqa yerlarini sug‘orish uchun suv yetkazib berish;
🔹 yangi ichimlik suvi quvurlarini tortish yoki suv ta’minotini muntazam yo‘lga qo‘yish;
🔹 hududni obodonlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

🌿 Shuningdek, “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasidagi ishlarga aholini faol jalb etish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini hamjihatlikda tashkil etish yuzasidan takliflar bildirildi.

📝 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritilib, ularni o‘rganish va amaliy yechimini izlash bo‘yicha tegishli ishlar belgilandi.

Slide 1 of 2