35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Murojaat joyida o‘rganildi

📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Xudoyarov Baxrom Ziyovutdinovich saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida kelib tushgan murojaatlar asosida «Yangi davr» mahallasiga chiqib, aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rgandi.

❗️O‘rganish davomida Oqdaryo ko‘chasidagi ikki qavatli uylar markazida joylashgan bolalar maydonchasi kapital ta’mirtalab holatga kelib qolgani, shuningdek, mahalla hududida mini futbol maydonchasi mavjud emasligi aniqlandi.

✅Mazkur muammolarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish maqsadida deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Slide 1 of 1