Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X.Sulaymonova tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman soliq inspeksiyasi rahbarining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda to‘lanishi, soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan deputatlik nazorati doirasida joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida hududlarda soliq tizimi bilan bog‘liq masalalar, fuqarolarning murojaatlari hamda mavjud muammolar o‘rganildi.
Jumladan, deputat X. Sulaymonova tomonidan Gumbaz mahallasi, Iskandar qishlog‘ida bo‘lib, soliq tizimi bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolar bilan uchrashildi.
Suhbat davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, soliqlarni hisoblash, to‘lash tartibi va mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.