35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilmoqda

 Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmurotova tomonidan Esaboy mahallasida sayyor o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi.

Muloqot jarayonida mahalla aholisi tomonidan maishiy chiqindilarni olib ketish bilan bog‘liq muammo mavjudligi bildirildi.

Aniqlangan masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2