35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Xususan, tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha 2026-yil II choragida amalga oshirilgan ishlar, davlat organlari va tashkilotlarining 2026-yil I yarim yilligidagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, shuningdek, aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va qarorlar qabul qilinib, ularni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish belgilandi.

Slide 1 of 4