#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol
Xalq bilan muloqot – amaliy yechimlar sari muhim qadam
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan "25-Qoʻrgʻon" saylov okrugi deputati Xamitova Galina Gennadyevna tomonidan Qoʻrgʻontepa, Tepaqoʻrgʻon va Xuroson mahallalari fuqarolari bilan navbatdagi qabuli oʻtkazildi.
💬 Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko'tarilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan:
✍️ ishsiz yoshlarni doimiy va munosib ish bilan taʼminlash;
✍️ qizlarning sifatli taʼlim olishi uchun zarur sharoitlarni kengaytirish;
✍️ voyaga yetmaganlarni erta turmushga berishning oldini olish;
✍️ ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash hamda mahallalarni rivojlantirishga oid murojaatlar yuzasidan tegishli mas'ullarga vazifalar belgilandi.
🗂 Bugungi kunda Prezidentimizning 2025-yil 14-fevralda qabul qilingan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan qarorlari asosida mamlakatimizda "Yoshlar bandligi dasturi", "Yoshlar biznesi" hamda "Kelajakka qadam" dasturlari orqali yoshlarning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
↗️ Shuningdek, qabul davomida ushbu imkoniyatlardan mahalladagi ishsiz yoshlarni samarali foydalanishga yoʻnaltirish, kasb-hunar egallash, imtiyozli kredit va subsidiya asosida tadbirkorlikni boshlashga ko'maklashish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Har bir murojaat deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.