⚡️ MAHALLA OBODLIGI — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
Baxmal tumanidagi «Do‘stlik» mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish ishlari qizg‘in pallaga kirdi.
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov tashabbusi bilan Davlatimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami oldidan hududda katta bunyodkorlik tadbiri tashkil etildi. Ayniqsa, ko‘p qavatli uylar atrofidagi yo‘laklarni tartibga keltirish, daraxtlarni shakllantirish va oqlash, yashil maydonlarni parvarishlash ishlarida mahalla yoshlari va faollari alohida namuna ko‘rsatishmoqda.
Bu kabi xayrli amallar nafaqat hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda, balki aholi o‘rtasida hamjihatlik va ekologik madaniyatni yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bayram shukuhi «Do‘stlik» mahallasining har bir go‘shasida yaqqol sezilib turibdi.