35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi hududda qonunlar ijrosini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi hamda hisobdorligini oshirish maqsadida Kengash so‘rovi institutidan foydalanadi. Ushbu mexanizm orqali Kengash davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qonun hujjatlari ijrosi hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan rasmiy so‘rov yuborish huquqiga ega.

Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining muhim vositasi bo‘lib, u qonunlar va Kengash qarorlari ijrosini o‘rganish, mavjud muammolarga mas’ul idoralar e’tiborini qaratish, mansabdor shaxslarning mas’uliyati va hisobdorligini kuchaytirish hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan aniq, asoslantirilgan javoblar olishga xizmat qiladi.

Qonunchilikka muvofiq, Kengash so‘roviga davlat organlari va tashkilotlari belgilangan muddatlarda yozma yoki og‘zaki javob taqdim etishi shart. Zarur hollarda ushbu javoblar Xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Kengash so‘rovidan samarali foydalanish hududdagi dolzarb masalalarni qonuniy va tizimli hal etish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Kengash so‘rovi demokratik boshqaruvning, deputatlik nazoratining hamda qonun ustuvorligini ta’minlashning eng muhim huquqiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.