35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Muammolar xonadonbay o‘rganilib, fuqarolar murojaatlari nazoratga olindi

Tashrif davomida aholi bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar, ijtimoiy sharoitlari hamda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalari o‘rganildi.
Fuqarolar tomonidan, avvalo, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi. Aholining ta’kidlashicha, elektr energiyasidagi uzilishlar kundalik turmush sharoitiga, xonadonlarda maishiy texnikalardan foydalanish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritishga noqulaylik tug‘dirmoqda.
Mazkur murojaat deputat murojaatlari daftariga belgilangan tartibda qayd etildi. Muammoni tezkor va qonuniy hal etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda murojaat ijrosini nazoratga olish belgilandi.
Shuningdek, tashrif davomida xonadonlardan birida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan ham tanishildi. Issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, oilaviy daromadni oshirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Fuqaro tomonidan issiqxonadan unumli foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini kengaytirish va faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikrlar bildirildi.
Bunday xonadonbay uchrashuvlar fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholi bilan deputatlar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi. Deputat va mutasaddilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar ijrosi yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1