35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Biriktirilgan tashkilot faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

#deputat_faoliyati
#biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonun
#nazorat_tahlil

Biriktirilgan tashkilot faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati U.Yangiboyev biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha Qiziriq tumani Adliya bo‘limiga tashrif buyurib, bo‘lim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi, huquqiy targ‘ibot tadbirlari hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, davlat xizmatlari sifati hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–445-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida murojaatlarni qabul qilish, ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlashning qonuniyligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, qonun ijrosini ta’minlash hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha monitoring ishlari davom ettirilishi qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3