Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 5-9-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
💇‍♀️ Imtiyozli kredit — yangi imkoniyat
янв.21
🔰“Navgadi” mahallasidagi elektr ta’minoti masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔽Imtiyozli kreditlardan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
E’tibor va ko‘mak — inson qadrini ulug‘lashning amaliy ifodasi
янв.21
📌 Ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
🔰Toza ichimlik suvi ta’minoti – deputat nazoratida
янв.21
🔰Ichimlik suvi tarmoqlaridagi qurilish ishlari – deputatlar e’tiborida
Qaror ijrosi: uyda yakka tartibda taʼlim oluvchi oʻquvchilar yangi oʻquv jihozlari bilan taʼminlandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumanda taʼlim muassasalariga qatnash imkoniyatiga ega boʻlmagan nogiron bolalarning uyda yakka tartibda taʼlim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularni maxsus adabiyot va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlanish holati yuzasidan oʻrganishlar olib borilgan boʻlib, mazkur oʻrganishlar tuman Kengashi sessiyaciga kiritilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Oʻrganishlar jarayonida 2022-2023 oʻquv yilida tuman markaziy koʻp tarmoqli poliklinikasi tibbiy pedagogik psixologik komissiyaning xulosasiga
koʻra tumanda jami 27 nafar, shundan tayanch harakatida nuqsoni boʻlgan bolalar soni 7 nafar, orqa va bosh miya normal faoliyati shikastlangan bolalar soni 10 nafar hamda boshqa kasalliklari bor boʻlganlar soni 10 nafar (12 nafari qizlar) bolalarni tashkil qilishi, 27 nafar oʻquvchilardan 13 nafarida yangi oʻquv jihozlarini almashtirish zarurligi aniqlangan hamda masullarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifa va muddatlar berildi.

Bugun xalq deputatlari tuman Kengashining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi
aʼzolari T.Yoqubov, Gʻ.Amonov hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi M.Farmonov bilan 13 nafar oʻquvchi yoshlarga yangi oʻquv jihozlar taqdim qilindi.
 

Slide 1 of 3