35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” amaliyoti doirasida muammolar bartaraf etilmoqda

 “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” amaliyoti doirasida muammolar bartaraf etilmoqda

📘 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” amaliyoti doirasida hududda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

📌 Fuqarolar murojaatlari va joyiga chiqib o‘rganishlar natijasida aholi, ayniqsa bolalar xavfsizligiga xavf tug‘dirayotgan qurib qolgan daraxtlar hamda sinish xavfi mavjud shox-shabbalarni maxsus texnikalar yordamida olib tashlash ishlari tashkil etildi.

📉 Shuningdek, hududdagi chiqindi konteynerlari atrofi tartibga keltirilib, sanitariya holatini yaxshilash ishlari amalga oshirildi. Quyosh panellari bilan jihozlangan zamonaviy chiqindi yig‘ish maydonchalari ham ko‘zdan kechirilib, ularning samarali faoliyat yuritishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

💦 Mazkur ishlar aholi murojaatlariga tezkor yechim topish, mahallalarda xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish hamda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirishga qaratilgan. “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” amaliyoti doirasidagi ishlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7