35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#24_ta_masala

SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 1-"Bandixon" saylov okrugidan saylangan deputati H.Abdimo‘minov hamda Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. Eshonqulov tomonidan "Bandixon" mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan individual uchrashuvlar va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash, mavjud masalalarni joyiga chiqib o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlikni ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi, kommunal xizmatlar sifati, obodonlashtirish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar hamda takliflar bildirildi.

Har bir murojaat deputat tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, mazmunan o‘rganildi. Masalalarning tegishliligidan kelib chiqib, ularni amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, ayrim murojaatlar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga yuborilishi qayd etildi.

Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladigan takliflarni shakllantirish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq va samarali muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3