35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Yangi asfalt qoplamalarini asrash bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi

Muloqot davomida keyingi yillarda hududlarda amalga oshirilayotgan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari, davlat mablag‘lari hisobidan barpo etilayotgan asfalt qoplamalarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish har bir fuqaroning mas’uliyati ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, yo‘llarni o‘zboshimchalik bilan qazish, turli kommunikatsiyalarni ruxsatsiz o‘tkazish yoki asfalt qoplamasiga zarar yetkazish nafaqat yo‘l sifatining yomonlashishiga, balki byudjet mablag‘larining samarasiz sarflanishiga ham sabab bo‘lishi qayd etildi. Fuqarolar bunday holatlar yuzaga kelganda tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan tartibda ish olib borish zarurligi haqida ogohlantirildi.

Suhbat yakunida mahalla aholisi yangi bunyod etilgan infratuzilma obyektlarini asrash, obodonlashtirish ishlariga daxldorlik hissi bilan yondashish hamda hudud ravnaqiga hissa qo‘shish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Obod mahalla – asralgan infratuzilma va fuqarolarning yuksak mas’uliyati bilan barpo etiladi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2