35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Kengash qarori ijrosi doimiy komissiya nazoratida

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 7-iyuldagi III-22-62-14-204-K/26-son qarori ijrosini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida mas'ul ijrochi tashkilot nomiga rasmiy xat yuborildi.

Mazkur rasmiy xatda qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi, Chilonzor tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o'tkazilishi belgilangan sport musobaqalarini tashkil etish ishlari, ajratilgan mablag‘larning qonunchilik talablariga muvofiq maqsadli va samarali sarflanishi, shuningdek, amalga oshirilgan tashkiliy hamda moliyaviy ishlar yuzasidan batafsil ma'lumot va hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish;

Shuningdek, ijrochi tashkilotdan musobaqalarni o'tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, g‘olib va sovrindorlarni rag‘batlantirish jarayoni, ajratilgan 1 003 440 000 (bir milliard uch million to‘rt yuz qirq ming) so‘m mablag‘ning sarflanish holati hamda qaror ijrosining amaldagi holati yuzasidan asoslantirilgan axborot taqdim etilishi so‘ralgan.

Еaqdim etiladigan ma'lumot va hisobotlar Doimiy komissiya tomonidan har tomonlama tahlil qilinib, Kengash qarori ijrosining to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ta'minlanishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda belgilangan vazifalarning amaliy natijalari yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1