🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining qarori asosida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" dasturi amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida 52 ta mahalla, 54 ta maktab, 2 ta texnikum va "Kelajak markazi" qamrab olinadi.
🎯 Asosiy yo‘nalishlar
💼 Zamonaviy kasblarga o‘qitish va bandlikni ta’minlash
🤖 IT, sun’iy intellekt va robototexnika bo‘yicha mashg‘ulotlar
📚 Kitobxonlik, "Zakovat", "Ibrat Debate" va intellektual tanlovlar
⚽️ Sport musobaqalari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
🎭 Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, festivallar va ijodiy loyihalar
🌿 Ekologik aksiyalar hamda ichki turizm sayohatlari
⭐️ Maqsad
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy kasb-hunarga o‘qitish, kitobxonlik, sport va vatanparvarlik ruhini yanada rivojlantirish.