#Deputat_sorovi_javobi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganishlar davomida Ernazarqo‘rg‘on mahallasidagi 73-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti oldidan o‘tuvchi D067 "Zarafshon trakti" avtomobil yo‘li davlat ahamiyatiga ega ekani, mazkur yo‘lni saqlash, jihozlash va undan foydalanish bilan bog‘liq ishlar tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilishi aniqlandi.
Shu munosabat bilan ko‘chma svetofor o‘rnatish masalasini amaldagi tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa berish uchun deputatlik so‘rovi vakolatli tashkilot tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasiga yuborildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|