Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 11-Emalchi saylov okrugidan saylangan deputati A. Tavboyev hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi A. Iskanov tomonidan Gulzor mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

#Yoshlar_maslahat_guruhi

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunar, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish, shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mavjud muammolar va takliflar muhokama qilinib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1