35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Aholi muammolari “xonadonbay” o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasida aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida “xonadonbay” o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔺O‘rganishlar davomida bir qator xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Suhbatlar chog‘ida aholining ichimlik suvi, ichki yo‘llar holati, tomorqani sug‘orish tizimi, chiqindilarni olib ketish xizmati sifatiga oid murojaat va takliflari tinglandi.

🔺Aniqlangan har bir masala yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida amaliy choralar belgilab olindi. Tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar joyida ko‘rib chiqildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, mas’ullarga deputatlik so‘rovlari orqali ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6