35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
«Lutfiy» MFYda Xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Deputati Xidiyatulina Rima Rashitovna o‘z saylov okrugi hududidagi «Lutfiy» MFY xotin-qizlar faoli Sadinova Ziyoda Abduvaliyevna tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilgan ishlar bilan tanishdi.

Jumladan:

- Profilaktik hisobda turuvchi fuqaro Ismoilova Gulbahor Bo‘inazarovna bilan o‘tkazilgan psixologik suhbat, ijobiy xulosa hamda ma’lumotning PK-1 platformasiga kiritilgani o‘rganildi.
- Madjitova Shahnoza Ergali qizini “Ayollar daftari”ga kiritish bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar va ularning EDO platformasiga yuklangani ko‘rib chiqildi.
- Qosimova Madina Nozimjon qizining oilaviy sharoiti, III chorak “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilgan ishlar ijrosi o‘rganildi.
- Saidova Kamola Dilshodovnani “Ayollar daftari”ning ishsiz toifasiga kiritish hamda uning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
- Xushbaqova Barno Haydarovna va Mahmudova Shoxista Sharifjonovnaning oilaviy sharoiti hamda ularga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordam natijalari o‘rganildi.
- Rustamova Shahnoza Rahmatilla qizi va Isroilova Dilnoza Abdurashidovna xonadonlarida III chorak “Yo‘l xaritasi” asosida amalga oshirilgan tozalik va obodonlashtirish ishlari hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Qo‘shimcha yo‘nalishlar bo‘yicha:

- Xotin-qizlar bo‘limiga murojaat qilgan fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijalari ko‘rib chiqildi.
- Migratsiya ro‘yxatidagi Soliyeva Mahbuba Solijonovna bilan telefon orqali olib borilgan muloqot va murojaati yuzasidan amalga oshirilgan tushuntirish ishlari o‘rganildi.
- Kadirova Shahnoza Po‘latovnaga berilgan tibbiy tavsiyalar hamda davolanish bo‘yicha belgilangan tavsiyalar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 2