Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumandagi ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilib ta’mirlash ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi kiritilgan.
Mazkur masalani atroflicha o‘rganish maqsadida deputatlar va Kengash kotibiyati mas’ullari mahallalarda bo‘lib, xonadonlarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishmoqda.
🔹 Jumladan, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E. To‘rayev hamda 30-saylov okrugi deputati X. Sulaymonova tomonidan Yangiobod MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Juraeva Elyavinaning xonadonida boshlangan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, energiya tejamkorlik talablari asosida olib borilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.