Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Sessiyaga kiritiladigan masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi
Kengash_faoliyati
#ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

📊Hokim yordamchisi faoliyati tahlilda: "Farovon" mahallasida aholi bandligi va tadbirkorlik masalalari o‘rganildi

🗣Bandixon tumanida mahallabay ishlash tizimi samaradorligini oshirish, "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholini doimiy daromad manbai bilan ta'minlash borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

📍Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 13-"Farovon" saylov okrugi deputati A.Pardayev “Farovon” mahallasida bo‘ldi.

⏺Tashrif davomida mahalladagi hokim yordamchisining bugungi kundagi ish faoliyati, belgilangan reja va vazifalarning ijrosi atroflicha va tanqidiy tahlil qilindi.

💬Tahlil jarayonida quyidagi eng muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:

🟢Aholi bandligi: Mahallada ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy va barqaror daromad manbaiga ega qilish borasida ko‘rilayotgan choralar samaradorligi;

🟢Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalarning maqsadli hamda samarali sarflanishi holati;

🟢Kambag‘allikni qisqartirish: Mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning "xonadonbay" sharoitlarini o‘rganish va ularni daromadli mehnatga (kasb-hunarga) jalb qilish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili.

💬"Hokim yordamchisining faoliyati qog‘ozdagi hisobotlar yoki quruq raqamlar bilan emas, balki mahallada yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari, muqim ishli bo‘lgan fuqarolar va daromadi oshgan xonadonlar soni bilan baholanishi shart. Bu borada deputat bilan hamkorlikda ishlash muammolarga tezkor va qonuniy yechim topish imkonini beradi," — deya ta'kidladi deputat A.Pardayev.
Slide 1 of 1