Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A.Bekchanov, tuman hokimi birinchi o‘rinbosari apparati bosh mutaxassisi M.Yusupov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P.Rahmonov ishtirokida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limining 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha faoliyati navbatdagi tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masala doirasida atroflicha o‘rganildi.
📋 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan II chorakda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
📑 Shuningdek, hisobot ko‘rsatkichlari, belgilangan vazifalarning ijro holati, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas'ullar bilan muhokama o‘tkazilib, sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta tayyorlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
✅ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, navbatdagi tuman Kengashi sessiyasida muhokama etiladigan hisobotning sifatli tayyorlanishi hamda belgilangan vazifalar ijrosini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.