Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali bolalar sport maydonining elektr ta’minoti masalasi ko‘tarildi
янв.21
Aholi manfaati – barqaror narx-navo va mahsulotlar yetarliligini ta’minlashda muhim omil
янв.21
Investitsiya loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Maktabgacha ta’lim tizimi jamoatchilik vakillari nazoratida.

 Maktabgacha ta’lim tizimi jamoatchilik vakillari nazoratida. 

Mamlakatimizda barcha sohalar kabi ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Eng muhimi, ta’limning barcha bosqichlari bilan bog‘liq ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Maktabgacha ta’lim tizimi esa ta’limning dastlabki bo‘g‘ini sifatida o‘ziga xos jihatlarga ega.

Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yilning mart-aprel oylari davomida Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatlari hamda tegishli
ma’sul tashkilotlar tomonidan tuzilgan ishchi guruh Buxoro shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini o‘rgandi. 

Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Xalq demokratik partiyasi Buxoro shahar Kengashi deputatlik guruhining yig‘ilishida o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. 

Slide 1 of 13