Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏡 Oilalarda totuvlik va mehr-oqibatni mustahkamlash yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-“Yoshlik–Nurtepa” saylov okrugi deputati N. Himmatova hamda Sherobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Aminova hamkorligida saylov okrugidagi oilaviy nizolar mavjud oilalar bilan uchrashuv va suhbatlar tashkil etildi.

💬 Suhbatlar davomida oilalarda yuzaga kelgan muammolar o‘rganilib, nizolarni bartaraf etish, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat va tushunishni mustahkamlash bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.

🌿 Shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

✨ Oilalar mustahkamligi — jamiyat farovonligi garovidir!

Slide 1 of 3