✍️12-Navbahor saylov okrugi deputati Murotova Lola Nematjon qizi tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
💬O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta'minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, oilalarda sog‘lom ma'naviy muhitni mustahkamlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, “Ayollar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.
✔️O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda ularning muammolarini tizimli hal etishga qaratilgan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.