Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlik_nazorati
янв.21
Jondor markazida zamonaviy sug‘orish texnologiyasi joriy etildi
янв.21
Jondor tumanida yangi investitsiya loyihalari iqtisodiy rivojlanishga xizmat qilmoqda
янв.21
"Dalmunobod" mahallasida kambagʻallikni qisqartirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Dalmunobod” mahallasida aholini qiynayotgan muammolar muhokama etildi
янв.21
Sport infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
Sport infratuzilmasi o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat so‘rovi yuboriladi
янв.21
Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ko‘tarilgan muammo amaliy hamkorlik asosida bartaraf etildi
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida

“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan “Olimpiya” mahallasi Chimboy mavzesidan oqib o‘tuvchi “Damariq” kanali hududida amalga oshirilayotgan qurilish hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi. Tadbirda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova va tuman hokimligi ma'sul xodimi A.Daminov ishtirok etdi.

🔖 O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, kanal atrofini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, piyodalar uchun qulay infratuzilma yaratish hamda hududning sanitariya va ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📌 Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi. Mazkur ishlarning borishi deputatlik nazorati doirasida muntazam kuzatib borilishi ta’kidlandi

Slide 1 of 6