Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 15-"Bog'izog'on" saylov okrugi deputati B. Xamrayev hamda mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan Talli ota mahallasida "Bir kontur – bir mahsulot" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
O'rganish davomida loyiha doirasida yer maydonlaridan samarali foydalanish, ekinlarni parvarishlash, aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko'zdan kechirildi.
Shuningdek, loyihaning samaradorligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda aholini tadbirkorlik va tomorqachilik faoliyatiga keng jalb etish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook