Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali bolalar sport maydonining elektr ta’minoti masalasi ko‘tarildi
янв.21
Aholi manfaati – barqaror narx-navo va mahsulotlar yetarliligini ta’minlashda muhim omil
янв.21
Investitsiya loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
QAROR IJROSI YUZASIDAN ISHCHI GURUHI TOMONIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Samatov, komissiya raisi o‘rinbosari N.Norqorayev hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakillari tomonidan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-172-son Farmoni ijrosini ta’minlash haqida”gi VII-19-24-7-99-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✏️O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-son Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq tashkil etildi. Mazkur modda asosida ishchi guruh tuzilib, uning tarkibiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillari, soha mutaxassislari hamda olimlar jalb etildi.

➡️Monitoring davomida Prezident Farmoni hamda tuman Kengashi qarorida belgilangan vazifalarning ijro holati, amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

🔘Xususan, mazkur qarorga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga berish huquqini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan tumanda suv ta’minoti va sug‘orish tizimlarini yaxshilash, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish hamda qayta foydalanishga kiritish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish uchun
1 milliard 120 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

✍️O‘rganish jarayonida mazkur mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi, loyihalarning amaliy natijalari, sug‘orish infratuzilmasini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda foydalanilmayotgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi aylanmasiga qayta kiritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarning axborotlari tinglandi.

🔘Shuningdek, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda qaror ijrosi doimiy komissiya nazoratida ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 5