35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Xalq bilan muloqot – samarali deputatlik faoliyatining asosi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, Ekologik partiyasi a'zosi Tuganbekov Оybek Bakhrombekovichning 2026-yil ikkinchi chorak yakunlari yuzasidan saylovchilar bilan navbatdagi axborot uchrashuvi Chilonzor tumanidagi "Mehrjon" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi.

✅Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi S.Fayziyeva, Kengash a’zolari Sh.Umarxo‘jayeva va M.Tursunova, mahalla raisi, mahalla faollari, uy hamda ko‘cha boshilari, nuroniylar va fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat tomonidan ikkinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, saylovchilar murojaatlari ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Shuningdek, uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan savol-javob hamda muhokamalar tashkil etildi. Ko‘tarilgan masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimiga amaliy hissa qo‘shishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5