Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali bolalar sport maydonining elektr ta’minoti masalasi ko‘tarildi
янв.21
Aholi manfaati – barqaror narx-navo va mahsulotlar yetarliligini ta’minlashda muhim omil
янв.21
Investitsiya loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Sport va sog‘lom turmush targ‘iboti – e’tibor markazida

Sport va sog‘lom turmush targ‘iboti – e’tibor markazida

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov hamda tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q.Igamberdiyeva tumandagi Sport maktabida bo‘lib, faoliyat jarayoni bilan tanishdilar.

Tashrif davomida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, sport maktabida o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, sport mashg‘ulotlarini tashkil etish sifati hamda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida sport infratuzilmasidan samarali foydalanish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va sport sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan fikr almashilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3