Yangiliklar

💼 Bandlik sari yana bir imkoniyat

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafosat Allaberganova tumanda tashkil etilgan mehnat yarmarkasida ishtirok etdi.

“Munis Xorazmiy” istirohat bog‘ida o‘tkazilgan yarmarkada 70 dan ortiq turli yo‘nalishlardagi bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, fuqarolarga ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Ayniqsa, yoshlarning yarmarkadagi faol ishtiroki, kasb tanlash va kelajagini rejalashtirishga bo‘lgan qiziqishi e’tiborga molik bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

🤝 Bunday tadbirlar aholi bandligini ta’minlash va fuqarolarga munosib mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2